6 MP IP kamera, turret, 2.8 / 4 mm, PoE
- 3200 × 1800
- Fixed focal lens, 2.8 and 4 mm optional
- Up to 30 m
Raqamli kameralar tarmoq kabeli orqali ulanadi: tasvir aniq, quvvat PoE bilan beriladi, telefon orqali kuzatish mumkin. Uyga, do'konga, omborga va yirik inshootlarga mos variantlar bor.
Dastlab kamera nimani ko'rishi kerakligini hal qiling: umumiy sahnani kuzatishga 2–4 MP yetadi, yuzlar va davlat raqamlarini aniq ko'rish uchun 4–8 MP hamda mos linza kerak bo'ladi. Katta maydonda 2.8 mm, kirish eshigi yoki darvozada 4–6 mm linza qo'yiladi.
Tunda ham rangli tasvir kerak bo'lsa ColorVu modelini, faqat odam va transport harakatiga signal olish uchun AcuSense seriyasini tanlang. Ko'chada silindr korpusli kamera, xona va ofisda turret yoki gumbazli kamera qulayroq.
HikvisionUZ katalogida Ҳиквижн ва HiLook IP камералари бор: 2 дан 12 MP гача, ColorVu ва AcuSense моделлари, PoE орқали қувват. Донабай ва кўтара нархлар, кафолат.
Bir-ikkita kamera bo'lsa, majburiy emas: ko'plab modellar microSD kartaga saqlaydi va telefon bilan bevosita bog'lanadi. Kamera soni uchtadan oshsa, arxiv va nazorat uchun NVR registratori qulayroq.
HiLook — Hikvision tomonidan chiqariladigan byudjetliroq seriya. Dasturiy ta'minot va ilova umumiy; farq ayrim qo'shimcha imkoniyatlarda hamda korpus materialida.
Bo'limda hozir 294 ta mahsulot mavjud, eng past narx 226 800 so'm. Diler va bir necha dona buyurtma qiluvchilarga ulgurji narxlar beriladi — menejer bilan bog'laning.
Omborda mavjud tovarlar Toshkent bo'ylab buyurtma berilgan kuni, viloyatlarga esa kuryer bilan 1–3 kun ichida yetkaziladi. Hamma mahsulotga kafolat beriladi.