Asosiy mazmunga o'tish

Yuz orqali davomat tizimi

Karta va jurnal o'rniga — yuzni tanish. Xodim terminal oldidan o'tadi, kelgan va ketgan vaqti o'zi yoziladi, rahbar oyma-oy hisobotni bir tugma bilan oladi.

Ko'p beriladigan savollar

Asosiy xarajat — terminal; narxlari pastdagi jadvalda. Qolgani kirishlar soniga bog'liq: eshik uchun qulf, katta oqim uchun turniket. Xodimlar va kirishlar sonini yozsangiz, to'liq hisob tayyorlaymiz.

Tizim nimalardan iborat

Asosi — Face ID terminal: u xodimlar yuzini xotirasida saqlaydi va bir soniyadan kam vaqtda taniydi. Eshik uchun elektromagnit qulf va chiqish tugmasi, ko'p odam o'tadigan kirish uchun turniket qo'shiladi.

Hisobot terminalning o'zida yoki kompyuter dasturida tuziladi: kechikishlar, erta ketishlar, ishlangan soatlar. Bir nechta filial yagona dasturga ulanadi.

Qaysi terminalni olish kerak

Xodimlar soniga mos yuz sig'imi, karta yoki barmoq izi kerakligi va o'rnatish joyi (ichki yoki ko'cha, IP65) hal qiluvchi. Niqob va ko'zoynakda tanish zamonaviy modellarning ko'pida bor.

Юз орқали давомат

Ҳиквижн Face ID терминаллари: давомат, иш вақти ҳисоби, турникет ва эшик қулфи. Терминал нархи расмий дистрибьютордан.